Sifatli ta'lim vazifalari ijrosi amalda
Hozirgi jamiyatda, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida innovatsion ta’lim klasterini faoliyatga tatbiq etish zaruriyati quyidagilar bilan o‘lchanadi:
1. Ijtimoiy-pedagogik yangilangan ta’lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi, yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo‘ladi.
2. Ta’lim mazmunini insonpavarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi.
3. Pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining xarakteri va o‘zgarishi.
4. Oliy ta’lim muassasalarida maktab va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish.
Ta’lim innovatsiyalari muammolarini hal etishda o‘qituvchining ijodiy faoliyati haqidagi masala hozirgi vaqtda eng dolzarb bo‘lib qolmoqda. Pedagogik jarayonda o‘zining yangi g‘oyalarini ishlab chiqish qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan o‘qituvchigina iqtidorli hisoblanadi. Novatorlik, innovatsion faoliyatning oliy ko‘rinishi sifatida, pedagog shaxsiga juda kuchli talablar qo‘yadi.
Ushbu talablarga javob berishi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion va kasbiy kompetentlikni yanada rivojlantirish, talabalarda xam ularga mos ravishda yangi pedagogik texnologiyalarga moslashish, innovatsion g‘oyalarni o‘zlashtirish hamda kasbiy va ijodiy kompetentsiyalarni yanada takomillashtishga yo‘naltirish maqsadida “Professional ta’lim” kafedrasi izlanuvchisi Durdona Mustafoyeva “Klassterli yondashuv asosida o‘qituvchilarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi doirasida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan master-klass olib bordi hamda ular o‘rtasida anketa so‘rovnomalari orqali tajriba-sinov ishlarini olib bordi. Ilmiy izlanuvchilarga yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishlarida va sifatli ta’limni amalga oshirishda omadlar tilab qolamiz!
Universitet matbuot xizmati