Sifat samara va natijadorlikka yo‘l ochadi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reyting agentligi tomonidan Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha kuchli universitetlar reytingida 2020 yil uchun 301+ o‘rinni, 2021 yil uchun 251+ o‘rinni egallagani, shuningdek, Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligining “THE Impact Ranking-2021” natijalari bo‘yicha dunyo universitetlarining umumiy reytingida 801 o‘rinni egallagani bizni g‘ururlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Jahon Bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” xalqaro loyihasini amalga oshirmoqda. Jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Jahon banki Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi hamkorligida “Ichki sifatni ta’minlash” xalqaro loyihasi doirasida bir qator ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi tadbir ham aynan mana shu loyihada belgilangan vazifalarni ijrosini bir debochasi deyish mumkin. Tadbirda Jahon Banki Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasining yetuk ekspertlari janob Akim Emurli va maslahatchi Umrbek Djumaniyazovlar ishtirok etishdi. Tadbirda institut rahbariyati nomidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Baxtiyor Alimovich Xudoyorov fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda qatnashib institutdagi jarayon haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng Akim Emurli mavzu yuzasidan o‘z taqdimotini namoyish qildi.
Yangi ichki sifatni ta’minlash (IST) tizimini yaratish maqsadida tashkil qilingan bu kabi loyihalar va ular doirasidagi xalqaro intensiv treninglar yangi tizimni takomillashtirish, xalqaro ekspertlar va koucherlarning boy tajribalari va tavsiyalari asosida samarali ishlarni olib borish va tanlangan OTMlarini Xalqaro Akreditatsiyaga tayyorlash borasidagi sa’yi-harakatlar ijobiy natijasi berishi tayin. Avstriya davlatidan tashrif buyurgan Oliy Ta’limda Sifatni Ta’minlash bo‘yicha xalqaro ekspert Akim Emurliga prorektor Baxtiyor Xudoyorov institut jamoasi nomidan samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati