Shukronalar aytamiz
Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 107 - guruh talaba-yoshlari bilan institut psixologi M. Muxamedova xonasida “YUrtimizga ko‘z tegmasin” mavzusida davra suhbati o‘tkazdik. SHunday go‘zal yurtda yashayotganimizdan juda ham baxtiyormiz. Albatta yurtimiz tanchligi bu halqimiz faravonligi demakdir. Bunday jannatmakon yurt er yuzida bitta bo‘lsa biz bu O‘zbekiston deb ayta olamiz.
Guruhimiz talabalarining aksariyat qismi viloyatlardan kelgan yoshlar o‘zlarining yashagan joylari haqida so‘zlab berishdi. Yaxshi o‘qib Vatanimizning gullab- yashnashiga o‘z hissalarini qo‘shishga vada berishdi. Muborak Ramazon oyida chiroyli niyat va istaklar bildirib duolar qildik.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati