TIQXMMI yangiliklari

img
24.10.2022

She'r – fikrning his tuyg'uga qorishiq ifodasi

          Joriy yilning 21 oktabr kuni 4-TTJ talaba qizlari bilan universitet psixologi  M.K.Muhammedova va GM fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorlikda TTJda yashayotgan talaba qizlarga alohida e'tibor qaratish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazilishini ta'minlash, ularda ijodiy fikrlashni shakllantirish, rivojlantirish va keng ommaga targ'ib qilish, she'r yozishga iqtidori bo'lgan talaba qizlarga motivatsiya berish va she'r yozishda ahamiyatga molik bo'lgan xususiyatlarni shakllantirish maqsadida “She'r yozish sirlari”mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Suhbat davomida she'r (arabcha: shuur – sezgi) – fikrning his tuyg'uga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli she'riy nutq bilan ifoda etilgan, ma'lum ichki ohangga ega badiiy asar ekani, «She'r» atamasi o'rniga ba'zan «nazm» so'zi ham qo'llanilishi, u badiiy adabiyotning qadimiy turi bo'lib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni She'rda yaratgani haqida fikrlar yuritildi.

        Rivoyat qilishlaricha, birinchi She'rni bevaqt o'ldirilgan o'g'li Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgani; Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qilishi; She'rlarda tuyg'ular po'rtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va ta'sirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori bo'lishi muhim ekani; She'rning uzoq yashashini ta'minlaydigan asosiy omillar: tuyg'ular samimiyati va ifoda tabiiyligi haqida so'z yuritilib, GM fakulteti 1 kurs,104-guruh talabasi M.Tolibovaning ijodiga mansub she'rlar tinglandi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va o'z fikr mulohazalarini erkin tarzda ifodalashgan holda tadbir o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati