Shbeemann Consulting kompaniyasi hamkorligida ichki va tashqi sifatni ta’minlashni rivojlantirish
Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro rivojlantirish Аssotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2848-sonli qarori tasdiqlangan boʼlib, mazkur qaror ijrosi yuzasidan soʼngi 2 ikki yil davomida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Jahon banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarinining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 16 va 17 mart sanalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Shbeemann Consulting kompaniyasi ekspertlari janob Аkim Emurli va Katya Kamsek xonim ishtirokida Jahon bankining “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida taʼlim sifatini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʼyicha seminar-trening tashkil qilindi. Mazkur loyiha ishtirokchisi sifatida mamlakatimizning yetakchi universitetlari hisoblangan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Аndijon mashinasozlik instituti va Toshkent pediatriya tibbiyot institutlari tanlab olingan.
Ushbu loyihaning maqsadi tanlab olingan OTMlarda taʼlim sifatini taʼminlashning mukammal tizimini ishlab chiqish hisoblananib, kelgusida ushbu OTMlarga taʼlim sifatini taʼminlash boʼyicha Oʼzbekiston OTMlariga koʼmaklashish vazifasi belgilangan. Mazkur loyiha doirasida Sifatni taʼminlash tizimini takomillashtirish (ichki sifatni taʼminlash) yoʼnalishi boʼyicha tanlab olingan 6 ta davlat oliy taʼlim muassasalarini Yevropa standartlariga muvofiq ravishda sinov shaklidagi akkreditatsiyadan oʼtkazishga tayyorlash uchun Shbiman konsalting (Shbeemann Consulting) kompaniyasi ekspertlari tomonidan joriy yilning 16-17 mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida amaliy-seminar oʼtkaziladi.
Mazkur amaliy-seminar 2020 yilning noyabr oyida boshlangan boʼlib, joriy yilning yanvar oyidan boshlab, amaliy-seminarlarning 3-bosqichiga start berildi. Ikki kun davomida boʼlib oʼtgan amaliy-seminar ishida 6 ta OTMlarning “Ichki sifatni taʼminlash” boʼyicha ishchi guruhlari navbatdagi yangi bilim, koʼnikma va tajribalarga ega boʼladilar. Bu esa, loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlarni yanada samarali amalga oshirish va koʼzlangan natijalarga erishishda muhim asos boʼlib xizmat qiladi.
Shuningdek joriy yilning 18 mart sanasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti, Shbeemann Consulting kompaniyasi ekspertlari janob Аkim Emurli va Katya Kamsek xonim ishtirokida Jahon bankining “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida taʼlim sifatini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʼyicha muzokara oʼtkazildi. Muzokaradan koʼzlangan maqsad universitetda loyiha boʼyicha bajarilayotgan vazifalar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va Ichki Sifatni Taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish va unirersitetni yaxshirok oʼrganishdan iborat edi. Umid qilamizki, bu kabi hamkorlik xalqaro tajribaga asoslangan ichki va tashqi sifatni mustahkamlash, ilgʼor mexanizmlarni joriy qilish va universitetni xalqaro akkreditatsiyaga bosqichma-bosqich tayyorlash yaqin kelajakda shu kabi OTMlarda oʼz samarasini beradi.