Shaxsiy gigiena
2024 yil 12 fevralda "Er resurslari va kadastr" fakultetida “ShAXSIY GIGIENA” mavzusida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda dekan o‘rinbosari X.Eshova, Oliy toifali vrach Skalozubova I. A. Va psixolog Sarkisova A. I. Va talaba qizlar qatnashdilar. Skalozubova I. A. So‘zga chiqib, shaxsiy-gigiena to‘g‘risida to‘xtaldi.
Shaxsiy gigiena —gigienaning bir bo‘limi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilishi zarur bo‘lgan gigienik rejim yo‘li bilan odam sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiena har bir kishining o‘ziga va yoshiga bog‘liq bo‘lib, aqliy va jismoniy mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to‘g‘ri uyushtirishdan iborat. Tor ma’noda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyimkechak, poyabzal, ko‘rpato‘shak, turar joy, ovqat tayyorlash gigienasi va h. k. ham Shaxsiy gigienaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga e’tibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qo‘lni botbot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni to‘g‘ri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qo‘lning tozaligiga e’tibor berish lozim. Ayniqsa, Yotoqxonada gigienaga to‘g‘ri rioya qilish kerak. Chunki yotoqxonada bir xonada 3-4 kishi bir xonada yashaydi. Xonani tez-tez shamollatib turish va undan tashqari yuvinish xonalarini tozaligiga e’tibor berish zarur.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati