TIQXMMI yangiliklari

img
13.04.2022

Shaxs ma'naviyati

Bugungi zamon yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqib, "Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash" fakultetida kiyinish madaniyati – shaxs ma’naviyati mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Universitet xotin – qizlar kengashi a’zosi, professor Sh.O‘ljayeva, ta’lim dargohida kiyinish madaniyatiga katta e’tibor berish kerakligi, insonning kiygan kiyimi atrofdagilarda u haqida ilk taassurotni paydo qilishi, kiyim inson ma’naviy dunyosining bir qismi ekanligi to‘g‘risida gapirdi. Fakultet xotin – qizlar maslahat kengashi ma’suli B. Mamadaminova ham so‘z olib, zamon bilan hamnafas yashash lozim, lekin, nufuzli oliy ta’lim dargohining professor o‘qituvchisi, xodimi, talabasi odob – axloq qoidasiga binoan kiyinishi va belgilab qo‘yilgan tartibga rioya qilishi lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

                           Universitet matbuot xizmati