TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2024

Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati

Joriy yilning 24-may kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari oʻrtasida “Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbati fakultetda talaba-qizlar oʻrtasida kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, mavjud kamchilik, xatolar toʻgʻrisida oʻtkazildi. Talaba-qizlarga fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva, tyutor D.Hudoyberganova, TJAB kafedrasi assistenti D.Abdullayevalar tomonidan kitobxonlikni targʻib qilish borasida tavsiyalar berildi. Oʻtkazilgan davra suhbatida talaba-qizlar o‘zining kasbiy-mutaxassislik hamda badiiy-ma’naviy barkamolligini oshirish uchun kitobni tanlay olish va o‘zi uchun zarurini o‘qish; kitob ustida ishlash malakasini obdon o‘rganib olish va unga chuqur amal qila bilish; kitobni mustaqil o‘qiy bilish; o‘qigan kitobning asosiy mazmunini talqin qila bilish, uning fusunkor olamiga kira bilish; o‘qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish; kitobning kerakli, zarur joylarini yon daftarchaga ko‘chirib olish, notanish bo‘lgan so‘zlarni esda saqlab qolishga intilish; muntazam ravishda o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; kitob bilan muomalada eng qadrdon do‘stingga munosabatda bo‘lganday e’tibor bilan qarash; kitobni yaroqsiz holiga keltirmaslik uchun undan to‘g‘ri foydalana bilish; kitobni shoshilmasdan, o‘ylab, diqqat-eʼtibor bilan o‘qish malakasiga ega bo‘lish, kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilishni o‘rganish; o‘qigan kitobni do‘stlar bilan o‘rtoqlashish, yaxshi kitobni ularga tavsiya qilib, uni boshqalar ham o‘qib chiqishiga erishishish toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlishdi. Suhbat davomida keltirilgan fikr-mulohazalar talabalarga manzur boʻlib, ular tomonidan “Kitobxon qizlar klubi”ni yaratish va klubga a’zolar safini kengaytirish toʻgʻrisida takliflarini bildirishdi.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi axboroti     Ch.Oxunboboyeva

Universitet axborot xizmati