TIQXMMI yangiliklari

img
30.05.2023

“Sharqning ilk qaldirg‘ochi”ni yodlab sayohat

Joriy yilning 30-may kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot  universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I. Axmedova va suv ta`minoti muhandislik tizimlari ta`lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari O‘zbekistonning taniqli ayollaridan biri – bo‘lgan Tamaraxonim uy-muzeyiga tashrif buyurdilar. Talabalar ekskursovod tomonidan muzeyni buyuk qo‘shiqchi va raqqosning nomi bilan atalganligini u yerda hayotining so‘nggi yillarini yashaganligini Tamara Xonim 1906 - yilda Farg‘ona vodiysida tug‘ilganligi uning haqiqiy ismi Petrosyan bo‘lib, millati arman bo‘lganligi xususida ma’lumot berdi. Uning butun tarjimai holi 13 yoshga kirganligida sahnaga muhabbat bilan chiqqanligini 1925 yilda Moskvadagi teatr texnikumini bitirgan va shu bilan birga keng konsert faoliyatlarini boshlaganligi u Parijda va boshqa Evropa shaharlarida ijro etib, O‘zbekistonning turli shaharlaridagi musiqa va drama teatrlarining paydo bo‘lishiga yordam berganligi va jahon san’at arboblari bilan birlashganligidan xabar topishdi.

Tamara Xonim 30 yoshida o‘zbek filarmoniyasining solisti bo‘lib, o‘zbek folklor raqsini isloh qilishda faol ishtirok etganligi biroq jahon shuhrati uning to‘plamini va dunyodagi xalqlarning folklorlarini raqsga keltirganligini u bir necha kunda chet el xalq qo‘shiqlari va raqsini o‘rganishi mumkin bo‘lganligini uning turli mamlakatlardagi chiqishlari tufayli, bugungi kunda Tamaraxonim muzeyida namoyish etiladigan xalq liboslari to‘plami mavjud bo‘lganligidan bu yerda slavyan kiyimlari, xitoylik va boshqa Osiyo kostyumlari, hatto Misr liboslari ham borligi to‘g‘risida ma`lumotga ega bo‘lilar. Bundan tashqari, Tamara Xonim 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushining jabhalarida harakat qilganligi va harbiy texnika qurish uchun mablag‘ ajratgan, 1943 yilda mamlakatga xizmat ko‘rsatish uchun sovet armiyasining kapitani unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning ko‘p yillik faoliyati 1980 - yillarga qadar davom etganligidan. Tamara Xonim 1991 yilda Toshkentda vafot etganligi o‘limidan uch yil o‘tgach, ushbu  uy muzeyi ochilganligidan xabardor bo‘lishdi. 

 “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.X Axmedova axboroti

   Universitet matbuot xizmati