“Shahidlar maydoni”ga talabalar tashrifi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida bizning institut yoshlari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, birinchi tashabbus boʻyicha yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishni oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarish boʻyicha qilinayotgan ishlar salmoqli hisoblanadi. Qatagʻonlarni xotirlash va eʼzozlash, xalq ozodligi yoʻlida qurbon boʻlgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002 yil 31 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan “qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan boʻlib, maydonga yanada koʻrk va fayz bagʻishlab turibdi.
Shu maskanga joriy yilning 9-10 mart GM fakulteti tyutori D.Egamova oʻziga biriktirilgan 101-102-guruh talabalari bilan tashrif buyurishdilar. Muzeyda talaba yoshlarimiz yaqin oʻtmishda sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlar olishdilar. Jamiyatni maʼnaviy yuksaltirishda, milliy gʻoyani mustahkamlashda, talaba-yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida oʻrni bor. Muzeylarni bejiz tarix, maʼnaviyat va sanʼat xazinasi deb taʼriflashmaydi. Tashrif buyurgan talabalar juda katta boy taassurotlar bilan qaytishdi.
GM fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati