Serzavq bog‘ sayohati
Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 104-106 guruh talabalari uchun haqiqatdan xam serzavq, ajoyib kun bo‘ldi deb ayta olamiz. Sababi guruh tyutorlari A. Xayitova va D. Egamovalar boshchiligida talaba - yoshlar bilan Toshkent hayvonot bog‘iga, so‘ngra Botanika bog‘iga sayohat uyushtirdik.
Bir tomonda hayvonot olami, ikkinchi tomonda o‘simliklar olami o‘zining go‘zalligi, betakrorligi bilan nafaqat poytaxtimiz mehmonlari, balki O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan keladigan mehmonlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Bog‘dagi havoning tozaligi, salqinligi ko‘nglimizga huzur bag‘ishladi.
Biz ham talaba - yoshlarimiz bilan birgalikda mazza qilib aylanib talabalik davrimizni esladik. Sayohatdan dillar yayrab mamnun qaytdik.
YeRK fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati