TIQXMMI yangiliklari

img
04.10.2022

Sergey Borodin uy-muzeyiga sayohat

      29 - sentabr sanasida "Gidromelioratsiya" fakulteti 2-bosqich talabalari tyutor Z.Tursunova  U.Usmonov, G.Axmedjanova, D.Axrarovalar hamrohligida Sergey Borodin uy-muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Muzey adabiy ekspozitsiyasining ikkita zali adib hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy bosqichlarini o'z ichiga oladi. Birinchi xonada Sergey Borodinning bolalik va yoshlik haqidagi xotiralari mavjud. Rasmlar, xatlar, hujjatlardan anglash mumkinki, bu bo'lajak yozuvchining qiziqishlari erta shakllanganidan dalolat beradi. Ikkinchi zalda Sergey Borodin hayotining so'nggi kunlarigacha bo'lgan faoliyati haqida hikoya qiluvchi ekspozitsiya nazardan chetda qolmadi.

      Muzeyning memorial qismida yozuvchi hayot chog'idagi uy jihozlari saqlanib qolgan. 10 mingdan ziyod kitoblar bilan boyitilgan kutubxona, rassom do'stlari tomonidan taqdim etilgan devorlarda osilgan kartina mehmonxonaga zavq bag‘ishlab turganini payqash mumkin. Adibning ijod xonasida esa  — qog'oz uyumlari, oilaviy tushgan fotosuratlar ham joy olgan.

Gidromelioratsiya fakulteti tyutori Z.Tursunova axboroti

Universitet matbuot xizmati