TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2022

«Scopus» va «Web of science»da ilmiy maqolalar chop etish bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi

«Scopus» va «Web of science» xalqaro ilmiy-texnik bazalarda yuqori q1, q2 kvartilga ega bolgan ilmiy nashrlarni tanlash va ilmiy maqolalar chop etish bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.

Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta'minlash maqsadida joriy yilning 5.02.2022 y. kuni Yer resurslarini boshqarish fakultetida ««Scopus» va «Web of science» xalqaro ilmiy-texnik bazalar ro‘yxatida mavjud ixtisoslashgan va yuqori Q1, Q2 kvartilga ega bo’lgan ilmiy nashrlarni tanlash va ilmiy maqolalar chop etish tartibi» mavzusida semenar trening tashkil etildi.

Semenar-trening hozirgi kunda (2022 yil) h-indeksi 10 bo'lgan Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi assistenti S. Xasanov tomonidan olib borildi. Ushbu semenar-treningda YRB fakultetining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, magistrlari ishtirok etdilar.

Seminar-treningda Scopus, ScienceDirect va Web of Science ilmiy bazalari haqida umumiy tushuncha, maqolalarga qo’yiladigan an’anaviy talablar, Scopus bazasida indeksatsiya qilingan nashrlarga maqolalar berish tartibi, Impact factor 7 VS Impact factor 0.5, QS: EECA va THE WUR reytingida maqolalarning o’rni, ResearchGate platformasining ilmiy salohiyatni oshirishdagi potensiali kabi foydali ma'lumotlar berildi.

 

Yer resurslarini boshqarish” fakulteti

dekan muovini dots. S.Abduraxmonov ma’lumoti