«Scopus Award – 2019»: O‘zbekistonning eng kuchli olimlari taqdirlandi

21.10.2021

«Scopus Award – 2019»: O‘zbekistonning eng kuchli olimlari taqdirlandi

Bugun, 6 dekabr kuni “Zarafshon” konsert zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi tomonidan yil davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan o‘zbekistonlik yetakchi olimlarni taqdirlash «Scopus Award–2019» marosimi bo‘ldi. Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etdi.

«Scopus Award–2019» taqdirlash marosimida 28 ta nominatsiya bo‘yicha 37 nafar olim va tadqiqotchi, 6 ta oliy ta’lim muassasasi va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi. Ma’lumot uchun, 2018 yil 23 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi o‘rtasida respublika OTMlarini dunyoning yetakchi universitetlari reytingiga kiritish bo‘yicha «Ilm-fan – 2020» millliy rivojlanish dasturi imzolangan edi.

“Scopus Award – 2019” g‘oliblari

“Researcher of the Year” - Fathulla Abdullaev, O‘zR FA Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi;

“Women in Science” - Dilbar Dolimova, Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriya mudiri;

“Young Researcher of the Year” - Bobur Toshmatov, Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi;

“Top Researcher of the Year”:

  1. - Mirzahayot Ibrohimov, KRASS Agromaslahat markazi katta ilmiy xodimi;
  2. - Dilfuza Egamberdieva, O‘zMU yetakchi ilmiy xodimi;
  3. - Xayrullo Boboqulov, “Fizika tadqiqot usullari” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi.

“Top Researcher in Agricultural Sciences” - Jahongir Olimov, O‘zMU o‘qituvchisi

“Top Researcher in Engineering and Technologies” - Ahmadjon Abdujabborov, Astroniya instituti bosh ilmiy xodimi

“Top Researcher in Humanities” - Raufxon Saloxo‘jaev, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti katta o‘qituvchisi

“Top Researcher in Medical Sciences” - Petr Merzlyak, O‘zMU “Membranalar biofizikasi” laboratoriyasi mudiri

“Top Researcher in Natural Sciences” - Shavkat Ayupov, O‘zR FA Matematika instituti direktori

“Top Researcher in Social Sciences” - Abdulaziz Bo‘riev, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti katta o‘qituvchisi

“Science Direct Book Award” - Ravshan Sobirov, O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori

“Science Direct Top Published Researcher” - Olim Po‘latov, TIQXMMI professori

"Best Scopus Journey":

  1. - Soyib Tursunov;
  2. - Nafosat Kurbanova;
  3. - Baxtiyor Olimjonov;
  4. - Sherzod Ne’matov;
  5. - Musavvaraxon Muqaddasxonova.

«Research in Education» - A.Mirzahmedov

«Research in Healthcare»:

  1. - Ra’no Alieva;
  2. - Aleksandr Shek;
  3. - Ravshanbek Qurbonov;
  4. - Shavkat Hoshimov;
  5. - Ulug‘bek Nizomov

«Research in Tourism»:

  1. - Sayyora Safaeva;
  2. - Dildora Eshonxo‘jaeva;
  3. - Nargiza Jo‘raeva.

«Research in Sport Science» - F.Bahriddinov

«Research in Pharmacology» - Jasur Tog‘aev

«Research in Culture» - Amridddin Berdimuradov

“Research about Mass-media and communications”:

  1. - Vasiliy Kuznesov;
  2. - Olga Yugay;
  3. - Dilnoza Muslimova

“Research in SDG – Aral sea” - Yelena Ginatulina

«O‘zbek tili yo‘nalishida yil tadqiqotchisi" - G‘ayrat Matlatipov

«Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» - Oqil Umurzoqovich Salimov

“Scopus Award – 2019” g‘oliblari

  1. “Science Direct Top Published University” (“Eng ko‘p nashr qilgan universitet”) - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
  2. «Research Output of the Year» - (“Yil kashfiyoti”) - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
  3. “Growth of the Year” (“Yilning eng sermahsul OTM”) - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
  4. “Library of the Year” (“Yil kutubxonasi”) - Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti
  5. «Impact of the Year» - Toshkent Turin politexnika universiteti
  6. “Uzbekistan Research Online Award” - "Central Asian Journal of Medicine", Toshkent tibbiyot akademiyasi