Sayohat va ma’rifat
Har qanday sayru sayohat va ziyorat zamirida yuksak ma’naviyat va ma’rifat mavjud. Xuddi shu maqsad bilan 22 aprel kuni GM fakulteti tyutori D. Egamova o’ziga biriktirilgan GM-210 guruhi talabalari bilan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’i hududida joylashgan "Adiblar xiyoboni"ga navbatdagi sayohatini uyushtirdi.
Milliy bog’ yoshlarimizni madaniy - ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan, nafaqat yurtimiz, balki mamlakatimizga tashrif buyuradigan mehmonlar va sayyohlar uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etadigan bir maskan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Ayni damda xiyobon hududida joylashgan Toshkent muzeyiga ham tashrif buyurildi.
Shuningdek, juma kuni tyutor talabalarni Yesenin uy- muzeyiga boshlab bordi. Ularga Yeseninning qisqa bo’lsa-da, juda mashaqqatli shu bilan birga boy tarixga ega hayoti va ijodi haqida ma’lumot olishlariga imkon tug’dirdi.
Ma’rifatning milliy va ma’naviy jilosi talabalar tafakkurini yoritgani rost.
GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati