"Sayg'oqlar kuni"ga bag'ishlandi
"Ekologiya va huquq" fakultetida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va Ekologiya qo‘mitasi raisi Alixonov Boriy Batirovich ishtirokida “5-may Xalqaro sayg‘oqlar kuni” va yashil iqtisodiyotga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda "Ekologiya va huquq" fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Oʻtmishda juda koʻp sonli boʻlgan va hozirgi kunga kelib juda kamayib ketgan saygʻoqlar, shu bilan birgalikda Orol dengizi muammolari va buning mintaqa ekologik muhitiga ta’siri boʻyicha ma’lumotlar berib oʻtildi. Seminar soʻngida B.Alixonov talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Saygʻoqlar – Oʻzbekistonning Orolboʻyi va Orol dengizining hududlarida, Mongoliya, Gʻarbiy Xitoyning chala choʻllarida, Qozogʻiston, Qalmiq choʻllari va Quyi Volga, Oʻrta Osiyoning shimolida tarqalgan. Katta-katta poda boʻlib yashaydi, harakatchan, 70—80 km/soat tezlikkacha yugura oladi. Saygʻoqlar – choʻl va dashtning tipik hayvoni hisoblanadi. Ular asosan oʻtlar bilan oziqlanadi, qishda janub tomonga qarab koʻchadi. Saygʻoqlar qorning qalin tushishi tufayli koʻplari halok boʻladi. Noyabr va dekabr oylarida juftlashadi. Boʻgʻozlik davri 5 oycha, boshqa tuyoqli hayvonlardan farq qilgan holda koʻpincha 2 tadan bola tugʻadi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 20-asrning boshlarida Saygʻoqlarning soni keskin kamayib ketganligidan 1919-yildan boshlab ovlash man etilgan. 1954-yildan litsenziya boʻyicha ovlashga ruxsat etilgan. Mavsumiy ovlanadi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan oʻrinbosari M.Xolboʻtayev axboroti
Universitet matbuot xizmati