TIQXMMI yangiliklari

img
29.11.2021

Saraton kasalligining oldini olish

Joriy yilning 26-noyabr kuni  YRB va QXM fakultetining talaba qizlari bilan birgalikda “Saraton kasalligi va uning oldini olish» mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Z.Xafizova, X.Eshova, D.Xursandova, O.Ro’zikulova va Toshkent shahar Reproduktiv salomatlik malakali shifokori, oliy toifali shifokor M.Azizova  qatnashdilarl. 

M. Azizova o’z ma’ruzasida  «Saraton kasalligi» to’satdan paydo bo’lmasoigini ta'kidladi. Umuman har bir kasallikning boshlanish va rivojlanish jarayoni bo’lganidek, saraton kasalligiga ham bu xos. Ko’pincha saraton kasallik nishonasi deb atalib, surunkali kechadigan patologik o’zgarishlardan so’ng rivojlanadi, shuningdek, teri, me’da, yaralar, poliplar, sut bezlari fibroadinomatozi va hokazolar oqibatida ham paydo bo’ladi. Ammo shu kasalliklardan keyin albatta, saraton kasalligi rivojlanadi, deb bo’lmaydi.

Agar saraton kasalligiga sabab bo’ladigan organizmdagi nosozliklar o’z vaqtida uzil-kesil davolansa, bu xavfli kasallikning oldini olish mumkin. Saraton kasalligining xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, to’qimada o’simta hosil bo’lib rivojlangandan keyingina kasallik belgilari yuzaga chiqadi va tanadagi o’simta o’sayotgan a’zoning funktsiyasi keskin buziladi. Erkaklarda ko’pincha me’da, bronxlar, teri, pastkilab, og’iz bo’shlig’i, xalqum, o’pka (xususan, kashandalarda bu kasallik rivojlanishi tayin, chunki nikotin o’pka faoliyatini borgan sari ishdan chiqarib boradi), tanosil a’zolarida saraton kasalligi uchraydi. Ayollarda esa o’zgacha. Ularda bachadon, ovqat hazm qilish a’zolari, sut bezlari va terida saraton kasalligi kuzatiladi. Saraton kasalligi boshlanayotganda, u tananing qaysi qismida rivojlanayotganidan qat’i nazar, qattiq og’riq bermaydi. Ba’zi hollarda bemor og’riqni sezmasligi ham mumkin. Shuning uchun bemor vrachga kech murojaat qiladi. Shu tufayli ham kasallik ancha ulg’ayib ketadi va uni davolash jarayoni qiyin kechadi. Baribir, har qanday sharoitda organizmda biron o’zgarish hosil bo’lsa, darhol shifokorga uchrashishi lozim, shundagina saraton kasalligining oldini olish, agar u boshlangan bo’lsa, davolash mumkin.  Shuning uchun, eng avvalo, bemor odam o’zi yashab turgan poliklinikaga uchrashishi va poliklinika shifokorining tavsiyasi bilan malakali shifokorlarga o’zini ko’rsatib, tekshirtirishi kerak. O’z vaqtida shifokor  Onkologga murojaat qilishimiz kerak bo’ladi. Har doim o’zimizni sog’ligimizni o’zimiz asrashimiz kerak deb gapirib o’tdi..

ma’ruzadan keyin professor-o’qituvchi ayollar va talaba qizlar tomonidan bir qancha savollar va o’zaro fikr almashinish suhbatlar tashkil etildi. Bu boradagi olingan ma’lumotlar bizga ertangi kunda anьanaviy o’qishni tashkil etishda bevosita foydali ekanligi, berilgan tavsiyalarga amal qilgan holda darslarni tashkil etishga yordam beradi degan umiddamiz.

     Institut xotin-qizlar kengashi raisi o‘rinbosari Z.Xafizova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati