“Saralangan asarlar” to’plami taqdimotida
Talaba yoshlarni kitobga qiziqtirish, ularning ijodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, talaba yoshlarni nafaqat kitob o’qishga balki kitoblar yozishga bo’lgan qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Xursandbek Ro’zmetov boshchiligida “Abdulla Oripov izdoshlari” klubining ijodkor yoshlari va fakultetning bir guruh talabalari Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi. Uyushmada 50 dan ortiq adabiyotshunoslar, jurnalistlar, Aktyor, san’atkorlar shoir va yozuvchilar ishtirokida O’zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning ko’p jildli “Saralangar asarlar”i taqdimoti bo’lib o’tdi. Ayniqsa mashxur san’atkorlarning shoir ijodidan kuylangan monolog va qo’shiqlari yig’ilganlarga yanada ko’taringi kayfiyat bag’ishladi. Taqdimotdan so’ng tyutor va talabalar Adiblar hiyoboniga ham tashrif buyurdilar. X.Ro’zmetov talaba yoshlarga universitet ijodkor yoshlarining “Ilhom buloqlari” kitobiga ijod namunalarini taqdim etish, nazm va nasrda ijod qilish, Abdulla Oripov stipendiyasiga hujjat topshirish va boshqa tanlovlar yuzasidan ham o’z tavsiyalarini ham berib o’tdi.
Umrimni bir olis ishqqa almashdim,
Qochdim hushyorlikdan tushga almashdim,
Beqanot qalbimni qushga almashdim,
Sizsiz o’tgan kunim bekor yorijon
Ne baxtkim yuragim bemor yorijon
Ul ko’zda qay kuni porladi ziyo,
Dunyodan kechgulik topdim bir dunyo,
Bu dunyo nimadur? Bu dunyo - ro’yo
Faqat pok ishqingiz haqdir yorijon,
Qalbimga eng yuksak taxtdir yorijon
Usmon Azim
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X. Ro’zmetov axboroti
Universitet matbuot xizmati