Sanoat rivoji va ishlab chiqarish integratsiyasi
Universitetimizda mamlakatimizning “2020-2030 yillarda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi” da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘quv, ilmiy – tadqiqot hamda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borish kabi masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda universitetning o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori professor B.Xudayarov va “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri R.Baratov hamda kafedra dotsenti A.Gapparovlar “EnergoMax” kompaniyasiga tashrif buyurib zamonaviy, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan raqobatbardosh Elektrotexnik jihozlar ishlab chiqarishda universitet ilmiy salohiyatini jalb etish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish, elektrotexnika bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazishdi. Kelgusida ushbu masalalarni rivojlantirishda hamkorlik qilish bo‘yicha universitet va kompaniya o‘rtasida memorandum imzolandi. Quyidagi rasmlarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv va memorandum imzolash jarayonidan lavhalar keltirilgan.
Universitet matbuot xizmati