Sanʼat olamiga sayohat
“TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova, iqtisod fakulteti tyutorlari M.Vafoyeva va G.Shodiyevalar hamkorlikda Iqtisod fakulteti 107-108- 110-111 guruh talabalari bilan Xor jamoasiga iqtidorli talabalarni taklif etish maqsadida “Sanʼat olamiga sayohat” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Tadbirda universitetimizda xor jamoasi mavjudligi, xohlovchi talabalar shu guruhga aʼzo bo‘lishlari haqida maʼlumot berildi . So‘ngra talabalar oliygoh madhi matni va musiqa yo‘nalishi bilan tanishtirildi. Tadbirda qo‘shiq insonni ruhan poklashi, yuksaltirishi, kuylovchi hamda tinglovchining qalbi va ongida olijanoblik, iroda, sabr-qanoat, halollik singari ezgu fazilatlarni shakllantirish xususiyatiga ega ekani; qo‘shiq kuylash “to‘g‘ri” tebranishlarni tanaga yetkazishi, bu esa hayotiy faollikni oshirishi; qo‘shiq aytgan inson miyasida tinchlik va quvonchni his qilishiga yordam beradigan maxsus kimyoviy moddalar ishlab chiqarilishi; qo‘shiq aytish qon aylanishini yaxshilashi, bodomsimon bezlar va ko‘plab limfa tugunlarga foydali taʼsir ko‘rsatishi haqida qiziqarli maʼlumotlar berib o‘tildi. Sanʼatga iqtidori bo‘lgan talaba yoshlar jamoaga aʼzo bo‘lishdi. Bu maʼlumotlardan taʼsirlangan tyutorlarimiz ham kelgusida qo‘shiq kuylab tadbirlarda faol ishtirok etish istagi tug‘ilganini bildirib o‘tishdi. Bu bizlar uchun albatta quvonarli holat. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetkazildi
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati