Samimiy, norasmiy muloqot
Joriy yilning 9-sentabr kuni "QSXET" fakulteti dekani A.Isakov, dekan muovini A.Mutalov Yoshlar ittifoqi sardori A.Ubaydullayev hamda fakultet faollari T.Ergashov boshchiligida fakultet talabalari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Bunda asosiy mavzu Talabalar turar joyidagi talabalarning yurish- turishi, odob -axloq qoidalariga bag'ishlandi. Yangi o'quv yiliga talaba sifatida qabul qilingan yoshlarga alohida tushuntirishlar berildi. O'z-o'zini boshqarish mexanizmi asosidagi tizimning samarali ekanligi dekan tomonidan ta'kidlandi. Qavat fakultet sardorlari va faol yetakchi yoshlar tanishtirildi. Keyinchalik TTJ da sardor, o'g'il bolalarga sardorlar tayinlanib tanishtirildi.
Talabalar turar joyidagi qonun-qoidalarga amal qilib yashash nafaqat talabalik, balki insoniylik burchi ham ekanligi fakultet tyutorlari tomonidan eslatib o'tildi. Fakultet dekani, dekan muovini, faol talabar hamda yoshlar ittifoqi sardorlari tomonidan yana bir bor 1-bosqich talabalarini tabriklashdi .
QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi To'lqin Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati