TIQXMMI yangiliklari

img
26.01.2024

Samarqandga sayohat

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Xursandbek Ro’zmetov va fakultetning faol yoshlaridan tashkil topgan “Activist” jamoasi talaba yoshlari O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan uning xotirasini yod etish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Talaba yoshlar avvalo Samarqand shahrining markazi hisoblangan “Registon” maydoniga tashrif buyurishdi va u yerda qad rostlagan Ulug’bek, Tillakori va Sherdor madrasalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so’ng talabalar O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov maqbarasini ziyorat qilish maqsadida “Xazrati Xizr” majmuasiga tashrif buyurishdi. “Bibixonim” maqbarasi, “Shohi zinda” majmuasi va boshqa tarixiy obidalar va ularning tarixi bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif talabalar uchun foydali va ijobiy taassurotlarga boy bo’ldi. Bunday sayohatlar tez-tez uyushtirib turilishiga kelishib olindi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati