Samarqand shaxrida O‘zbekiston-Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III-forumi boshlandi
2018-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur forum ikki davlat ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma hisoblanadi.
Bugun – 26 oktyabr kuni Samarqand shaxrida O‘zbekiston-Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III-forumi o‘z ishini boshlandi. O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etmoqdalar.
Forumda respublikamiz oliy o‘quv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, muhandislik, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilinmoqda.