TIQXMMI yangiliklari

img
09.05.2023

Samarqand safaridagi ma'rifat

Besh tashabbus hamda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 7 May sanasida muhtaram rektorimiz Mirzayev Bahodir Suyunovichning tashabbuslari asosida "TIQXMMI" MTU  "Ekologiya va huquq,  O'qitish nazariyasi va metodikasi" kafedrasi filologiya yo'nalishi talabalari ko'hna va hamisha navqiron Samarqand  shahriga sayohat qildilar.

Ushbu sayohatda kafedra katta o'qituvchisi Nargiza Xodjakulova, Xudoyberganova Nafisa hamda Karimov Feruz talabalarga hamrohlik qildi. Sayohat davomida talabalar Samarqand shahrining bir qancha ko'hna obidalariga tashrif buyurdilar. Jumladan, Mirzo Ulug'bek observatoriyasi, Hazrati Doniyor ziyoratxonasi, Go'ri Amir maqbarasi, Reguston maydoni, Bibixonim madrasasi, Siyob bozori, Shohi Zinda ziyoratgohi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning uy - muzeyi hamda ularning qabrlarini ziyorat qildilar.

Sayohat davomida Ubaydulloh Husniddinovich ismli Samarqand haqida ko'pgina bilimlarga ega bo‘lgan Gid hamrohlik qildi. Ushu sayohat juda mazmunli o'tdi.

      Universitet matbuot xizmati