TIQXMMI yangiliklari

img
26.02.2022

Samarali hamkorlik

Jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini kengaytirish, jumladan gidroenergetika sohasini rivojlantirishda ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvi bo‘yicha islohotlarni izchil amalga oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi va “Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korhonasi ortasida gidroenergetika sohasini rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash boyicha hamkorlik doirasida 5+1 tizimi asosida 2019 yildan Chirchiq GESidaSuv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanishkafedrasining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda. Filialda “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda “GES qurilishi va ulardan foydalanish” magistratura mutaxassisligi magistrantlari talim olishmoqda. Bu jarayon yetuk kadrlarni tayorlashda oz samarasini bermoqda. Shu yolda jonbozlik korsatayotganChirchiq GESlar kaskadiunitar korxonasi direktori A.A.Shadmanov va kaskad xodimlariga universitetimiz rahbariyati nomidan tashakkur bildiramiz. Respublikamizda olib borilayotgan gidroenergetika sohasidagi fidokorona xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 


Universitet matbuot xizmati