TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2022

Samarali amaliy mashg’ulot

"GIM" fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi  «Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi» Instituti bilan "5+1" dasturi asosida “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi”, “Hayot faoliyati xavfsizligi nazariy asoslari” fanidan  19.04.2022 kundagi amaliy mashg'ulot darslari "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi" yo'nalishi 2-bosqich  talabalari  qatnashdilar.

Mehnat bozorining rivojlanish istiqbollari va talab darajasidagi kadrlar tayyorlashning maqsadli tizimini shakllantirish, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan va ta’lim sifatini oshirish maqsadida, shu jumladan, infratuzilmani yaxshilash, innovatsion o‘quv-laboratoriya uskunalari hamda zamonaviy qidiruv-qutqaruv texnikalari bilan yaqindan tanishish maqsadida «Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi» bilan  hamkorlikda talabalarning amaliyot darslari tashkil etildi.

“GIM” fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi” assistenti: A.J. Kurbonov axboroti

Universitet matbuot xizmati