TIQXMMI yangiliklari

img
27.11.2022

Samaralar sarhisobi

Barcha sohalarda yil yakunida qilingan ishlarni sarhisob qilish degani kelgusidagi rejalarni belgilash hamda erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilishga diqqatni qaratish demakdir.  Xuddi shu ma’noda Milliy tadqiqot universitetimizning Madaniyat saroyida universitet jamoasi ishtirokida kengaytirilgan ilmiy kengash  tashkil etildi. 

Rektor Mirzaev Bahodir Suyunovich "Universitetning milliy va xalqaro reyting natijalari tahlili hamda xalqaro ta’lim xizmatlari bozorida raqobat mavqeini mustahkamlash borasida istiqboldagi ustuvor vazifalar" mavzusida ma’ruza qildi.

Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lmaslik ilmiy-ta’limiy va pedagogik jarayondagi faollikni aslo susaytirmaslik zaruratini ta’kidladi.

Yil yakuni bo‘yicha erishilgan natijalalar va tahlillar 3 ta tanlov  asosida ko‘rsatib o‘tildi.

1. Milliy reyting bo‘yicha erishilgan natijalar;

2. Xalqaro reytingdagi dastlabgi qadamlar;

3. Universitetni 2022 yil Milliy reyting  bo‘yicha rejaning bajarilish holati to‘la qayd etildi.

So‘ngra rektor yil mobaynida faol ishlagan kafedra, ustozlar hamda maqola, monografiya va darslik mualliflarini pul miqdoridagi rag‘bat bilan taqdirlanganini e’lon qildi. Barcha ularni olqishlab samimiy tabriklashdi. Barcha pedagoglarga ham maoshlariga yil yakuni va bayram munosabati bilan qo‘shimcha pul qo‘shib berilishi ularni mamnun qildi.

Kengaytirilgan ilmiy kengash tadbiri rag‘batlantirilganlarga ham, rag‘batlantirilmaganlarga ham motivatsion ruh berdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu esa kelgusi yil yanada kuch-qudrat bilan ishlashga yo‘l ochdi.

Universitet matbuot xizmati