TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2023

Salbiy hislardan xalos bo'lish sirlari 

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova  “Iqtisod”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Yer resurslari va kadastr”, “Gidromelioratsiya” fakultetlari talabalari, Xor jamoasi vakillari bilan birgalikda ”Bezovtalik va tashvishlardan xalos bo‘lish usullari” mavzuida trening tashkil etdi. Trening talabalarda salbiy hissiy kechinmalarni tahlil qilish orqali tashvishlardan xalos bo'lish hamda xavotir va tashvish tuyg'ularini xavfsiz his-tuyg'ularga o'zgartirish texnikasi orqali butunlay negativ fikrlardan xalos bo'lish malakasini shakllantirish maqsadida tashkillashtirildi. Ayrim insonlarda omma oldiga chiqqanda o'zini yo'qotib qo'yishlik, hayajon, tashvish, bezovtalik, fikrlarini jamlay olmaslik, so'zini yo'qotib qo'yish holatlari kuzatiladi. Ushbu trening ishtirokchilarda ichki barqarorlikni mustahkamlab bezovtalikdan xalos bo'lish, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishga xizmat qiladi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va hayotlarida zarur bo‘ladigan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.  

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati