TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2022

Sahna taassurotlari

        Joriy yilning 20 oktabr kuni “TIQXMMI” MTU “D” korpus 101 xonada universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova universitetda tashkil etilgan Xor jamoasi a'zolarining ommaga chiqish zavqi va sahna taassurotlarini bilish va yangi ijodiy g'oyalar bilan o'rtoqlashish maqsadida “Yangi ijod sari olg'a!!!” mavzusida tadbir tashkil etdi. Tadbirda talabalar sahnaga chiqqanlaridagi taassurotlari, holatlari va kechinmalari tinglandi va muhokama qilindi. Ilk bora katta sahnada o'z san'atlarini keng omma etiboriga taqdim etish baxti barcha ijodkor yoshlarda ijobiy taassurot uyg'otib, yangi g'oyalar ustida ishlashga kuch-g'ayrat, shijoat berganligini barcha ishtirokchilar takidlab o'tishdi. Ayniqsa, ilk qadamlarini Xalq san'tkorlari o'z san'atlarini namoyish etgan sahnadan boshlashganiga quvonchlari olam qadar cheksizligini va bu kabi davralardagi chiqishlarini bardavom bo'lishini istashlarini va yangi g'oyalar ustida bajonu dil ishlashga tayyor ekanliklarini ta'kidlab o'tishdi. Shu kunga qadar "Oddiy qo‘shiq kuylab yuribmiz", deb fikr yuritgan ayrim talabalar, kechagi sahnaning muhtashamligi va  kuylayotgan qo‘shiqlari zalvorini yurak yurakdan his etishganini e'tirof etishlari, ter to‘kib ishlaganimiz samarasi ekanini bilish juda ham quvonarli holat. Tadbirdan so‘ng jamoaga a'zo bo‘lishni istagan talabalar sonining ko‘paygani, biz uchun bundan-da quvonarli holat. Inson o‘z mehnatlari samarasini ko‘rishi naqadar buyuk baxt! Tadbir davomida GM fakulteti tyutori D.Axrarova ham faol qatnashib, talabalarga o'z fikr mulohazalarini bildirib, barchalariga ijodiy parvozlari yuksak bo'lishiga tilak bildirgan holda tadbir yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat