TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Ruhiy usullar metodikasi

Joriy yilning 6-fevral kuni  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-bosqich "Suv xo'jaligi va melioratsiyasi" yo'nalishi talabalari bilan birgalikda "Professional ta'lim" kafedrasi mudiri dotsent D.I.Muqumova Art-terapiya  tashkil etdi. Ma'ruzalar zalida bo'lib o'tgan bu suhbat davomida  Art-terapiya bo'yicha quyidagi ishlar talabalar bilan amalga oshirildi: Agressiya va boshqa salbiy his-tuygʻular uchun ijtimoiy jihatdan maqbul boʻlgan joy ajratish. Yordamchi usul sifatida davolash (psixoterapiya) jarayonini osonlashtirish. Psixodiagnostika uchun material olish. Bostirilgan fikrlar va his-tuygʻular bilan ishlash. Oʻz-oʻzini nazorat qilishni rivojlantirish. Tuygʻular va his-tuygʻularga eʼtibor qaratish. Ijodkorlikni rivojlantirish va oʻz-oʻzini hurmat qilishni oshirish. Talabalar har xil shakllar yordamida ajoyib bo'lgan rasmlarni chizib, o'zlarining psixologiyasida nimada ishonchi bor ekanligini ko'rsatdilar.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova va  "Professional ta'lim" kafedrasi mudiri dotsent D.I.Muqumovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati