TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

Ruh davosi – sog'lik asosidir

Joriy yilning 14 aprel kuni “TIQXMMI” MTU GM fakulteti 2 kurs 202-guruh talaba yoshlari bilan   universitet psixologi  M.K.Muhammedova va GM fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorlikda talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va profilaktika qilish maqsadida “O'qish jarayonida ruhiy salomatlikni saqlashning o'n usuli” mavzuida seminar trening tashkil etdilar. “Ruhiy salomatlik” tushunchasi omma orasiga sekin-asta kirib borayotgan tushunchaalardan biridir, tezlik asrida ruhiy muammolar insonlarni tobora ko'proq bezovta qilyapti: tushkunlik, stress, xavotir. Vaqtida mutaxassisga murojaat qilish esa bizda odatga kirmagan – muammolardan o'zimizni qayerga qo'yishni bilmay qolgan chog'imizdagina bu esimizga tushadi yoki... tushmaydi. Aslida esa salomatlikka putur yetmasdan turib salomatlikni saqlash kerak. Bu jismoniy salomatlikka ham, ruhiy salomatlikka ham tegishli. “Ruh salomat bo'lgandagina inson o'zini to'laqonli salomat his qilishi va to'laqonli ijtimoiy faol bo'lishi mumkin. Demak, salomatlik deganda faqat jismoniy emas, ruhiy tomondan ham o'zimizni yaxshi his qilishimiz kerak. Shundagina o'z faoliyatimizni yaxshi olib borishimiz, "men"imizni bir maromda saqlab turishimiz, xulq-atvorimizni atrofda bo'layotgan voqealarga qaramasdan yaxshi tutishimiz mumkin bo'ladi. Tadbirda insonning ruhiy muammolarini hal qilishda, shaxsini rivojlantirishda bugungi kunda musulmon psixolog olimlari sohaga nafs tushunchasini kiritishgani, ruhiy muammolar inson o'z nafsi bilan kurashsagina yechim topishi haqida qiziqarli suhbat olib borildi. Tadbir mavzuga oid rivoyat, hikoyat va hayotiy voqealardan misollar keltirilgan olib borildi. Yig'ilish bahs va munozaralarga boy tarzda kechdi. Rashidov Oybek, Aliqulov Shohruh, Berdiyev Jamshid, Sheraliyeva Zurriyoda va Xurramova E'zozalar o'zlarining betakror fikr va mulohazalari bilan seminar ishtirokchilarida yaxshi taassurotlar uyg'ota olishdi. O'tilgan mavzu mudrab o'tirgan talabalarni ham sergak torttirgani quvonarli holat. Barcha ishtirokchilar o'tilgan mavzu ularga foydali bo'lganini ta'kidlashgan holda tadbir yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati