Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumida universitetimiz o'quv ishlar bo'yicha prorektori Baxtiyar Alimovich Xudayarov qatnashmoqda
24–25-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak taʼlim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida Rossiya-Oʻzbekiston toʻrtinchi taʻlim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Administratsiyalari, ta’lim vazirliklari, oliy va professional ta’lim muassasalari, IT, madaniyat va madaniy meros, yoshlar tashkilotlaridan jami 150 nafarga yaqin ishtirokchi jumladan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti O'quv ishlar bo'yicha prorektori Baxtiyar Alimovich Xudayarov qatnashmoqda.
Dasturga muvofiq dastlab forum yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Igor Maslov, Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilyovskiy so‘zga chiqib, ikki tomonlama ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ahamiyati, ularning natijasi hamda istiqbolli rejalar haqida nutq so‘zladilar.