TIQXMMI yangiliklari

img
21.12.2022

Rossiya Davlat Agrar Universitetiga qilingan xizmat safari

Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsentlari Anvar Djalilov va Akbar Gapparov hamda Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi 1-kurs tayanch doktoranti Nurlan Aytbayevlar K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat agrar universiteti da ilmiy-pedagogik malakalarini oshirishmoqda.

Bu vaqt davomida “Mexanika va energetika” institutining professor o’qituvchilari bilan ilmiy va pedagogik aloqalar borasida o’zaro fikr almashdilar. Malaka oshirish davomida GOELRO planining 102 yilligi hamda 22 dekabr energetiklar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro seminarda ishtirok etishdi.

Seminarda Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirih va robotlashtirish kafedrasi professori Y.A. Sudnik va Elektr ta’minoti va elektrotexnika kafedrasi professori V.I. Zaginaylovlarning qiziqarli ma’ruzalarini tinglashdi va ular bilan hamsuhbat bo’lishdi. Xizmat safari davom etmoqda.

Universitet matbuot xizmati