Rossiya Davlat Agrar Universitetida xizmat safari yakunlandi
“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsentlari A.U. Djalilov va A.U. Gapparov hamda “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi tayanch doktoranti N. Aytbayevlar “K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat agrar universiteti” da ilmiy-pedagogik malakalarini oshirish bo’yicha xizmat safarini yakunlashdi.
Yakunda universitet rektori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Vladimir Ivanovich Truxachev bilan uchrashuv tashkil qilindi. Rekotr V.I. Truxachev va "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti olimlari malaka oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi fan va ta'lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid bildirdilar.
Shundan so’ng universitet ilmiy ishlari bo’yicha prorektor t.f.d. professor Ivan Yuryevich Svinarev chet ellik hamkasblariga malaka oshirish va akademik mobillik sertifikatlarini topshirdi. Ushbu mazmunli uchrashuv K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar Universiteti saytida ham e’lon qilindi.
Universitet matbuot xizmati