27.05.2024
“Reyting 2024” rejasining muhokamasi
“Gidromelioratsiya” fakulteti dekani 25 may kuni Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasining 2023-2024 o‘quv yilida Q1, Q2 kvartalli jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha kafedrada bajarilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashrlar natijalarini tanqidiy tahlil qilishga qaratildi. Ushbu tahlil Scopus va WoS kabi nufuzli akademik ma’lumotlar bazalarida chop etilgan maqolalar sonini, shuningdek, har bir professor-o‘qituvchining yuqori impakt faktorga ega Q1 va Q2 kvartilli jurnallaridagi nashrlar taqsimoti o‘rganib chiqildi va kerakli tavsiyalar berildi.