18.11.2022
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi
Joriy yilning 16-noyabr kuni “ET va QTEM” kafedrasining magistrlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Elektron kooperatsiya portali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni Respublikadagi yirik sanoat tashkilotlari bilan mahalliy sanoat korxonalari o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning 14-noyabrdan 18-noyabrgacha “O‘zekspomarkaz” milliy ko'rgazmalar markazida tashkil etilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tashrif buyurishdi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti
Universitet matbuot xizmati