TIQXMMI yangiliklari

img
20.02.2024

Respublika olimpiada g’oliblari

2024 - yil 17 - fevralda “TSUL AFLD Contest - 2024”  ma’muriy huquq fanidan Toshkent davlat yuridik universitetida respublika olimpiadasi bo’lib o’tdi. Olimpiadaga respublikamizdagi 14 ta oliy ta’lim muassasalaridagi 450ga yaqin “yurisprudensiya” yo‘nalishining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va TDYU huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari  ro’yхatga olinib, shundan 115 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

Ikki bosqichda o‘tkaziladigan olimpiadada talaba va o‘quvchilar test topshiriqlarini yechish va muammoli vaziyatlar (kazuslar)ni tahlil qilish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Olimpiada natijasiga ko’ra “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti “Yurisprudensiya” (transchegaraviy suv munosabatlari) 206-guruh talabasi Normirzayev Muzaffar faxrli 3-o’rinni egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Yana bir “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti “Yurisprudensiya” (transchegaraviy suv munosabatlari) 206-guruh talabasi Ramazanov Husan faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Shuningdek, huquqiy sohani rivojlantirish yo’lida intellektual va yuksak ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol yoshlarni tarbiyalashda o‘zining munosib hissasini qo’shishda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzayev Baxodir Suyunovich Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti dekani X.Pirmatov axboroti

Universiteti matbuot xizmati