TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2022

Rektorning  talabalar turar joyiga tashrifi

Talabalar bilan samimiy suhbatlashish maroqli va ayni paytda muammolarga yechim yo’li hamdir. Kuni kecha universitetimiz rektori Bahodir Mirzayev Takliflar so'radi talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Talabalarning yashash sharoiti, ularning talab va istaklarini sinchiklab o’rgandi va zaruriy topshiriq va ko’rsatmalar berdi. Jumladan, tibbiy ta’minot bo’limidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalaridan sartaroshxonada, so’ngra kutubxonada bo’lib qator topshiriqlar berdi. Yotoqxonada istiqomat qiluvchi 1 va 3 - kurs talabalari bilan suhbatlashib, oshxonadagi holat, gigiyenik talablar bilan qiziqib zaruriy ashyolar bilan jihozlash haqida tavsiya va takliflar berdi. Stol tennisi qo’yish masalasini ham ijobiy hal etish nazarda tutildi. Talabalar kengashi raisidan talabalar uchun yana qanday sharoitlar yaratish to’g’risida takliflarni qabul qilib, talabalarning xursandligidan mamnun bo’ldi.

 

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati