Rektorimizning Yaponiyagа tаshrifi
Xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim muassasalari har tomonlama hamkorlik taraqqiyotni kafolatlaydi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetimiz rektori, professor Mirzaev Bahodir Suyunovichning Oʼzbekiston va Yaponiya oliy taʼlim muassasalari rektorlari Toʼrtinchi forumida ishtiroki xuddi ana shu jihati bilan ahamiyatlidir. Oʼzbekiston va Yaponiya oʼrtasida diplomatik munosabatlar oʼrnatilganining 30-yilligiga bagʼishlangan ushbu forumda Rektorimizning 2022-yil 28-sentabr kuni oʼtkazgan uchrashuvlari yuzasidan muhim maʼlumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir.
Yaponiyaning Tokio qishloq xoʼjaligi va texnologiyalar universiteti professori, Dr. Yoshiko KAWABATA bilan oʼtkazgan uchrashuvlarida ikki universitet oʼrtasida quyidagi masalalar boʼyicha hamkorlikda ish tutish kelishib olingani katta ahamiyatga ega boʼldi.
1) SDG boʼyicha qishloq xoʼjaligida kadrlar tayyorlash;
2) Magistrlar dasturi boʼyicha hamkorlik qilish - magistrlik dissertatsiyalarga rahbarlik qilish, tadqiqot olib borish;
3) Professor-oʼqituvchilarni qisqa muddatli almashuv dasturini yoʼlga quyish;
4) 2023-yil fevral oyida oʼtkaziladigan tanlovga TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti professor-hujjatlarni tayyorlashga koʼmaklashish;
5) Tokio qishloq xoʼjaligi va texnologiyalar universiteti professori, Dr. Yoshiko KAWABATA 2022-yil oktyabr oyining uchinchi dekadasida TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurishi va hamkorlik hujjatlarini rasmiylashtirish kelishib olindi.
Shuningdek, Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti Prezidenti SABURI Haruo bilan oʼtkazilgan uchrashuv ham mohiyat eʼtibori bilan katta ahamiyat kasb etdi. Bu boradagi hamkorlik quyidagi yoʼnalishlarda oʼz ifodasini topishi rejalashtirildi.
1) 2022-2023 yillarda qishloq xoʼjaligi iqtisodiyoti va yurisprudentsiya (transchegaraviy suv munosabatlari), Аtrof - muhit muhofazasi boʼyicha (bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida qoʼshma va almashuv taʼlim dasturlari, professor-oʼqituvchilar almashinuvi va malaka oshirishi, stajirovkasini tashkil etish, yozgi/qishki maktablar)ni amalga oshirish;
2) 2023-2024 yillarda Orol dengizi qurishi va yerlarni shoʼrlanishi, qishloq xoʼjalik ekinlariga iqlim oʼzgarishi taʼsirini baholash va daryolardan suv yetkazib berish jarayonida va sugʼorish tizimida suv isrofgarchiligining oldini olish texnologiyalarini joriy etish boʼyicha ilmiy tadqiqot (qoʼshma ilmiy loyihalar bajarish, ilmiy maqolalar chop etish);
3) 2022-2024 yillarda Nagoya iqtisodiyot universiteti professor-oʼqituvchilarini magistratura oʼquv jarayoniga dars oʼtishga jalb qilish, ilmiy seminar va tadqiqotchilar uchun trening kurslarni tashkil etish masalalari muhokama qilib olindi.
Rektorimizning Yaponiyaga tashrifi universitetimizning salohiyatini yanada oshirish, taʼlim tizimi va oʼquv-pedagogik jarayondagi xorijiy ilgʼor tajribalarni almashish va ommalashtirish mazmunida eʼtiborga molik boʼlgani aniq.
Universitet matbuot xizmati