TIQXMMI yangiliklari

img
06.07.2024

Rektor Granti doirasida talabalarimiz nufuzli C1 darajali IELTS xalqaro sertifikatlarini qo’lga kiritishdi

Ta’limning qadrlanishi talaba va pedagoglarning faoliyatiga munosib baho berilishi hamda ularning amalga oshirilayotgan ishlari va yutuqlarini rag‘batlantirilishi bilan chambarchas bog‘liq. Shuni mamnuniyat bilan e’tirof etish mumkinki, “TIQXMMI"Milliy tadqiqot universiteti, “Iqtisodiyot” fakultetining “Intensiv IELTS kursini” bitiruvchilaridan yana bir quvonchli natija e’lon qilindi.

Eslatib o’tamiz, ushbu Ingliz tili to’garak tashkilotchilari “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Eshchanova Go’zal, o’qituvchilar Usmonova Dilbar va Yoqubova Nigora xisoblanib, fakultetda Britaniya Kengashii bilan hamkorlikda talabalarni qo’llab quvvatlash bo’yicha bir qator vazifalarni samarali amalga oshirib kelishdi. Universitetimiz  va Britaniya Kengashi hamkorligida “Kasbiy Rivojlantirish Markazi”ning Iqtisodiyot fakulteti filialida tashkil etilgan “Ingliz tili to‘garagi” doirasida 2 oylik “Intensiv IELTS kursini” muvaffaqiyatli tamomlab, REKTOR GRANTI doirasida quyidagi 3 nafar universitet talabalari Britaniya Kengashining xalqaro IELTS  sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar:

  1. Axmadjonov Diyorbek Toxirjon o‘g‘li – “Iqtisodiyot” fakulteti “Turizm” ta’lim yo‘nalishi 105- guruh talabasi IELTS 7.5 bal, C1 darajali sertifikat;
  2. Qambarov Fozilbek Odil o‘g‘li – “Iqtisodiyot” fakulteti “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 401-guruh bitiruvchisi IELTS 7 bal, C1 darajali sertifikat;
  3. Abdullayeva Gulshan Abdulla qizi - "Iqtisodiyot" fakulteti “Buxgalteriya va xuquq” ta’lim yo‘nalishi 108- guruh talabasi IELTS 7 bal, C1 darajali sertifikat.

Ushbu yutuq soxiblarini yuqori natijalar bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlarida ulkan parvozlar yor o’lishini tilab qolamiz.