TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

Rektor Granti dasturi doirasida universitetda bepul IELTS kursining tashkil qilinishi

Joriy yilning 14-aprel sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Britaniya Kengashining Kasbiy Rivojlantirish Markazi  treneri Go’zal Eshchanova tashabbuskorligida bepul IELTS kursi tashkil qilindi.Ushbu kurs  Rektor Granti dasturi doirasida tashkil qilingan bo’lib, kursga iqtidorli talabalar bilan bir qatorda xalqaro IELTS sertifikatini qo’lga kiritish istagida bo’lgan yoshlar qabul qilindi. Xorijiy tilarni mukammal o’rganishni xoxlagan yoshlarnni saralab olishda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorector Prof. R.Choriyev jonbozlik ko’rsatdi va kursni ochib berish orqali barcha nomzodlarga omad tilagan holda o‘z nutqlarida xozirgi kunda barchamiz uchun xorijiy til ko’nikmalarini yanada rivojlantirish istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o’tdilar.

IELTS kursi faoliyatini “Ingliz tili” kafedrasi dotsent v.b.Go’zal Eshchanova boshlab, mashg’ulotni Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilingan Kasbiy Rivojlantirish Markazining o’quv dasturlari yordamida yolga qo’yldi. Ushbu kurs bepul tashkil qilinib, undan ko’zlangan maqsad imtixon topshiruvchilarning xorijiy til darajalarini aniqlash, nomzodlarning egallagan ko’nikmalar bo’yicha kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratishdan iborat bo’lib, kurs yakunida universitetimizda tashkil qilingan Computer -delivered IELTS(kompyuterda xalqaro imtixon) ni bepul tashkil qilish orqali kurs qatnashchilarini Reading, Writing and Listening(O’qish, Yozish va Tinglash) kabi komponentlar boyicha bilim ko’nikmalarini rivojlantirish, imtixon yaxshi natijalarni qo’lga kiritish bo’yicha nomzodlarni tayyorlash va zarur sharoit-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Kursda 20ga yaqin talabalar qatnashishdi va til o’rganishga yaratilgan bunday imkoniyat uchun raxbariyatga minnatdorchilik bildirishdi. Ma’lumki, bu kabi xalqaro imtixon komponentlari ta'lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, undagi yondashuvlar mazmuni tajribaga mos kelib, bu imtixon topshiruvchi nomzodga eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritish va test davomida xorijiy til ko’nikmlariga e'tibor qaratish imkonini beradi. Eslatib o’tamiz, IELTS - Xalqaro ingliz tili test tizimi - bu dunyodagi eng mashhur ingliz tili testi. Ushbu tilni baholash bo'yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va sizning ingliz tilidagi barcha ko'nikmalaringizni - o'qish, yozish, tinglash va gapirishni baholaydi. IELTS imtihoni dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida 11000 dan ortiq tashkilot tomonidan qabul qilinadi. Ushbu tashkilotlarga hukumatlar, ilmiy muassasalar va ish beruvchilar kiradi. Bu imtixon turi Britaniya Kengashi maxsuloti bo’lib, offlayn rejimda tashkil qilinib, til ko’nikmalarini egallashga qaratilgan bo'yicha test bo'lib, u CEFR (Common European Framework of Reference) ga muvofiq nomzodning haqiqiy ingliz tilini bilish darajasi haqida ishonchli ma'lumot taqdim eta oladi.