TIQXMMI yangiliklari

img
26.06.2024

Rektor Baxodir Mirzaev navbatdagi Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilariga tantanali ravishda diplomlarni topshirdilar

"Qadrli yoshlar! Bugungi bayram kunida barchamizning umid va ishonchimiz bo‘lgan Siz, aziz yoshlarning erishgan yutuqlaringiz bilan birga yangi vazifalar, ishlab chiqarishda yechimini kutib turgan ko‘plab muammolar hal qilishga hamda ularni bartaraf etishga astoydil kirishasizlar va yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib, sodiq farzand bo‘lasizlar degan umiddaman" - deya ishonch bildirdi "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori.

2023-2024 o‘quv yilida Iqtisodiyot fakultetining 127 nafar bitiruvchilaridan 18 nafari universitetni imtiyozli diplom bilan tamomladi.  Bitiruvchilarning 98 nafari (77%)  bitiruv oldi amaliyotni o‘tagan tashkilotlarda rasmiy ish faoliyatini boshladi. Bitiruvchilarning 3 nafari xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarning magistratura dasturlariga qabul qilish bo‘yicha taklif olgan, 28 nafari V2 va S1 darajali til bilish sertifikatlariga ega.