TIQXMMI yangiliklari

img
28.06.2022

Rekonstruksiya va qurilish  ishlari bilan tanishuv

GIM kafedrasi dosentlari I.Xudayev, F.Bekchanov va magistr M.Xurramovlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4801-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, "Jizzaxsuvqurilishinvest”  DM bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalarida belgilangan ilmiy kuzatish ishlarini olib borish uchun Jizzax viloyatining Arnasoy, Zafarobod, Sh.Rashidov, Mirzacho’l va Paxtakor tumanlarida meliorasiya obyektlarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini o’rganish maqsadida tashrif buyurdilar.

Zafarobod tumanining “Beruniy”, “S.Sindarov” va “H.Olimjon” hududlaridagi lotok tarmoqlarini rekonstruksiya qilish (Loyihachi-"Jizzax vater projekt" MChJ, pudratchi tashkilot - "MAXSUS  MELIORATSIYA  TA`MIR" MChJ) bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan;

Mirzacho’l tumanining "Abay", "Toshkent" va "R.Xaydarov" FXXU lari hududida yopiq-gorizontal drenaj tarmoqlarini qurish- (loyihachi-"Bunyodkor meliorator loyiha" MChJ, pudratchi tashkilot-"SHOXRUX-DEMIRBEK" MChJ) yopiq gorizontal drenaj qurishda qo’llanilayotgan yopiq drenaj quvurini yotqizuvchi mashina bilan tanishib, undan samarali foydalanish bo’yicha taklif va tavsiyalar berdilar. 

Mirzacho’l tumanidagi “Mirzacho’l”, "Toshkent", "Mustaqillik kelajagi" va "R.Xaydarov" FXXU lari hududida kollektorlarni qurish va rekonstruksiya qilish- (loyihachi-"Davr proyekt" MChJ, pudratchi tashkilot-"MIRZACHO'LMAXSUSSUVPUDRAT"MChJ)  ishlari bilan tanishib chiqilib va ta’mirlash va tiklash ishlari  bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ularga “ Jizzaxsuvqurilishinvest” DM texnik nazoratchisi  Zoxidjon Akromov hamrohlik qildi.

                  Universitet matbuot xizmati