Referendumga daxldorlik tuyg‘usi
Ona yurt taqdiri, inson qadri va sha’niga, uning manfaatlariga tegishli bo‘lgan muhim manba - Asosiy qonunimiz Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish davr talabidir.
2023 yil 10 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Nur” MFYda Referendum bo‘yicha ishchi guruh a’zosi, aholi bilan targ‘ibot tadbirlarini kunning ikkinchi yarmida ham davom ettirdi. Targ‘ibot tadbirini Milliy tadqiqot universiteti professor o‘qituvchilaridan N.Yuldasheva ko‘chma targ‘ibot shaklida olib bordi.
U yangilanayotgan Konstitutsiyadagi moddalar hamda ularning mazmuni yuzasidan keng aholi o‘rtasida tushuntirish - tashviqot ishlarini o‘tkazdi. Unda MFY raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirlar aholi turar joylarida, gavjum hududlarda tashkil etildi.
Universitet matbuot xizmati