Referendum - porloq istiqbolga yo‘l
Ma‘lumki, shu kunlarda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum oldidan «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, 18-aprel kuni “TIQXMMI” MTU da xam Gidromelioratsiya faku‘lteti xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknazarova va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini B. To‘ychiyev ma‘sulligida “Konstitutsiyada ayolning qadri mavzusida” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Fayziyeva Sevara Tulkunovna, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Umarxadjayeva Shaxnoza Maxsudovna, Oliy majlis deputati Litvinova Olga Ivanovnalar ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Konstitutsiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar, referendum o‘tkazish tartibi haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, Konstitutsiyamizda ayollarga berilayotgan e‘tibor, imkoniyatlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi va talabalar bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Tadbir, ishtirokchilar qo‘llaridagi «Seniki», «Meniki», «Bizniki», «Konstitutsiya — o‘zimizniki» yozuvlari tushirilgan rang-barang plakatlar, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining referendumi — 2023» yozuvi aks etgan O‘zbekiston Davlat bayrog‘ ostida ko‘tarinki bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.