TIQXMMI yangiliklari

img
11.04.2022

Rassomlik musobaqasi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus mazmuni va uni amaliyotga joriy etish afzalliklari haqida tushunchalarni rivojlantirish, shuningdek, Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida reja asosida universitetda talaba-yoshlar oʼrtasida qator tadbirlar oʼtkazilmoqda.

Аna shunday tadbirlardan biri joriy yilning 9 - aprel kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talaba-yoshlari joylashgan 5 - talabalar turar joyida ham boʼlib oʼtdi. Unda talabalar oʼzlarining ijodiy rassomchilik asarlarini birma - bir namoyish etishdi.

Fakultetni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, 5 - talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Sh.Islomova hamda fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Tojiboyev tashabbusi bilan oʼtkazilgan zarbdor oylik munosabati bilan 5 tashabbusning 1-tashabbusi bo‘yicha "Rassomlik bellashuvi" barcha talabalarga manzur boʼldi. Ushbu bellashuvnu yakuniy qismi keyingi haftani yakuni shanba kuni ko'rgazma asosida g'oliblar aniqlanadi va taqdirlanishadi. Barcha ijodkor talabalarga omadlar tilaymiz.

                   Universitet matbuot xizmati