TIQXMMI yangiliklari

img
15.06.2022

Raqamli qishloq xo’jaligini samarali yuritish

Joriy yilning 13-17 - iyun kunlari oralig’ida “Toshkent irrigatsiya va qishlo’q xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari” milliy tadqiqotlar universiteti qoshidagi “Barqaror rivojlanish bo’yicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlat  klasteri” va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning  O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “GAT texnologiyalari va fazoviy ma’lumotlar asosida raqamli qishloq xo’jaligini samarali yuritish” loyihasi doirasida O’zbekiston Respublikasi (Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda)gi  Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi hududiy boshqarmalaridagi mas’ul shaxslarining GAT texnologiyalari bilan ishlash va malakasini oshirish bo’yicha “TIQXMMI”-MTU da tashkil etilgan seminar-treningning oshilish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda BMT “FAO” ning O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda loyiha doirasida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan qatnashuvchilarni loyiha menejeri va “Barqaror rivojlanish bo’yicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlat klasteri” rahbari           M. Reimov tanishtirdi. Marosim davomida loyiha menejeri so’zga chiqib loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot shaklida ma’lumot berdi va loyiha qatnashuvchilariga omad tilab kelgusi ishlarda hamkorlik qilishga tayyorligi haqida bildirib o’tdi. 

Universitet matbuot xizmati