Rangin hislar olami
Joriy yilning 11-noyabr kuni QSXET fakulteti 106-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va QSXET fakulteti tyutori D. Xudoynazarovalar hamkorlikda “Sehrli hislar mamlakati” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Mashg'ulot talabalarning o'z hislarini nazorat qilish, kundalik hayotda sodir bo'ladigan voqeliklarga pozitiv rakursdan qarash, muomalaga kirishish malakalarini shakllantirish, shaxs munosabatlarini rivojlantirish va korrektsiya qilish, noqulay psixologik sharoitlar va omillarga chidamlilikni oshirish, talabalarning ruhiy holatini yaxshilash, nizolarning oldini olishda yordam berish, ruhiy tushkun holatdan chiqib ketish, o'qish jarayonida ko'p uchraydigan stress holatlarini oldini olish hamda sog'lom ruhiy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda talabalarda ko'tarinki kayfiyatni yaratish maqsadida “His-tuyg'ularimiz rangi”, “Ranglarning kayfiyatga ta'siri”, “Sizning sevimli rangingiz”, “Tug'ilgan kun rangi” va “Tilla rang oqim” kabi qiziqarli mashg'ulot va treninglar olib borilib, ishtirokchilarning o'qishga nisbatan ishtiyoqlarini oshirish, kuchlariga kuch, g'ayratlariga g'ayrat qo'shishga harakat qildik. Tadbir davomida hozirgi kunlarda talabalar o'rtasida uchrab turgan negativ illatlardan biri, birovning haqiga xiyonat qilish xollari tez – tez uchrab turganligi sababli, shu mavzuga ham to'xtalib o'tildi va yig'ilish ishtirokchilariga o'g'irlikning diniy dunyoviy va qonuniy jihatdan zararli oqibatlari haqida ma'lumotlar berildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishgan holda tadbir o'z nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati