TIQXMMI yangiliklari

img
24.01.2022

Rahbarlik mas’uliyati muborak!

Ta’lim muassasamizdagi o’quv, ilmiy, pedagogik, bir so’z bilan aytganda, ta’limiy va tarbiyaviy jarayonga kuyunchaklik va mas’uliyat hissi bilan yondashish asnosida, muhimi ustozlari sobiq va sodiq rektorimiz O’ktam Pardayevich Umurzakovning g’oyaviy maqsadlarini sadoqatli shogird sifatida izchil davom ettirib, Yangi davrning yangicha g’oyalari bilan boyitishga ahd qilgan professor Mirzayev Bahodir Suyunovichni yuksak martaba bilan qutlaymiz! 

Bugunga qadar universitetning birinchi prorektori lavozimida ishlab kelayotgan Mirzayev Bahodir Suyunovich davlat va hukumatimizning tegishli qarori (№40, 24.01.2022-y) bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori etib tayinlangani butun jamoamizni shod etdi.
Mas’uliyatli, ulug’ vazifa  muborak bo’lsin, ustoz!

 

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti Matbuot xizmati