TIQXMMI yangiliklari

img
03.10.2022

Rag’bat nishonlari - hurmat unvonlari

Odatda, muborak ayyomlar, bayramlar arafasida munosabatlarning e'tirofi va jamoaning ehtiromi yanada yorqinlashadi. Qilingan xizmatlarning va sidqidil mehnatlarning natijasiga yarasha jamoaning minnatdorchiligi mukofot va turli yo‘sindagi rag‘batlar ko‘rinishida bo‘lishi tabiiy. Bugun ham kasbiy bayramimiz shukuhi aslo so‘ngani yo‘q. Univeritetimiz rektori Bahodir Mirzayev bir guruh pedagoglarimizga tegishli mukofot va faxriy yorliqlarni topshirdi.

Ular orasida 1-darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan sobiq professor, tarix fanlari doktori Hojiakbar Hamidov, O'zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan esa Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi boshligʼi Аbduraupov Ramz Rasuljanovich,  “Suv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. Bozorov Dilshod Rayimovich, “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent Gapparov Furqat Аxtamovich, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Xudoev Ibrohim Jumaqulovich, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d. Sultanov Baxodir Fayzullaevich, “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi dotsenti, t.f.n Rahmatov Аbdugʼani Djumabekovich, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Oymatov Rustam Qamariddinovich, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti, PhD Inamov Аzizbek Nizamovich, “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, PhD Аbdurahmonov Shavkatjon Xasanovichlarning borligi xursandchiligimiz va iftixorimizga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimining faxriy yorlig’i bilan Q. Nazarov, R. Choriyev, R. Jumaniyozov, Z. Ismoilova, N. Yuldashevalar rag‘batlantirildi. Rektor taqdirlanganlarni samimiy tabriklay turib ularga mukofot puli ajratilishini ham qayd etdi.

Universitet matbuot xizmati